Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasining tergov boshqarmasi katta tergovchisi hamda vaqtincha saqlash hibsxonasi boshlig`i o`zaro kelishgan holda jinoyat ishi doirasida Jinoyat kodeksining 1412- va 182-moddalari bilan ayblanayotgan fuqaroga sud idoralaridagi mansabdor shaxslar orqali ozodlikdan mahrum qilish bilan bog`liq bo`lmagan jazo tayinlanishiga yordam berishlarini aytib uning opasidan 12 ming AQSh dollori talab qilishadi.
Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan hamkorlikda o`tkazgan tezkor tadbiri davomida mazkur shaxslar so`ralgan pulni olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Ma`lumot uchun, Jinoyat kodeksining 1412-moddasi shaxsga doir ma`lumotlar, 182-moddasi esa bojxona to`g`risidagi qonun hujjatlarini buzishni nazarda tutadi.






