Tesla aksiyalarining o`sishi natijasida SpaceX rahbari Ilon Maskning boyligi bir hafta ichida kompaniyalar aksiyalari narxining ko`tarilishi fonida 11,5 milliard dollarga o`sdi, deb yozadi Forbes jurnaliga tayanib rbc.ru. Tesla aksiyalari hafta davomida 7,4 foizga o`sdi.
Google asoschilari Sergey Brin va Larri Peyj 10,4 milliard va 10 milliard dollar ishlab topdilar.
Sayyoradagi eng boy odam - Amazon asoschisi Jeff Bezosning boyligi bir hafta ichida 7,7 milliard dollarga oshdi. Kompaniya aksiyalari 4,6 foizga o`sdi. Avvalroq, kompaniyani 26 yildan beri boshqarib kelayotgan Bezos bosh direktor lavozimidan ketishini ma`lum qilgandi. Bu 2021 yilning uchinchi choragida sodir bo`ladi. Uning o`rnini Endi Amazon veb-servislari rahbari Endi Yassi egallaydi.
Xitoyning Pinduoduo platformasi asoschisi Kolin Chjen Xuang bu hafta Pinduoduo aksiyalari 18 foizdan oshib ketganidan keyin 10,7 milliard dollar ishlab topdi.
Yanvar oyi o`rtalarida Forbes Affirm aksiyalarining qiymatini ikki baravarga oshganini e`lon qilgandan so`ng, dunyoda milliarderlar soni yana bittaga ko`paygan edi.