1

Farg`onalik savdogar shirinlik sotuvchisining nayrangiga chuv tushdi

Jinoyat 07.02.2021, 20:39
Farg`onalik savdogar shirinlik sotuvchisining nayrangiga chuv tushdi

Farg`ona viloyatining Farg`ona tumanida yashovchi, savdo bilan shug`ullanuvchi fuqaro O.A soddaligi tufayli aldanib qoldi.

“Postda” muxbirining xabar berishicha, 2021 yilning 7 yanvar kuni unga oldindan tanish bo`lmagan bir ayol ishonchiga kirib, arzon narxda qandolat mahsulotlari olib kelishga va`da beradi. Va`dani beradi-yu, oldindan O. A.ning 15 million so`m pulini sanab, kissasiga uradi.

Biroq shirinliklardan haligacha darak yo`q. Surishtirib ko`rsa, ayol va`dasini unutib, pullarni o`z ehtiyojiga sarflab yuborgan ekan.

Mazkur holat yuzasidan Farg`ona tumani IIB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan jinoyat ishi qo`zg`atildi.

Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmatining xabar qilishicha, olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida nayrangboz shirinlik sotuvchi ma`lum bo`ldi. Mazkur jinoyatni T.M. ismli ayol sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari boshlandi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1