1

Namanganda masjiddan o`g`irlik qilgan shaxs qo`lga olindi

Jinoyat 07.02.2021, 22:22
Namanganda masjiddan o`g`irlik qilgan shaxs qo`lga olindi

Joriy yil 2 fevral kuni Namangan shahrida yashovchi fuqaro ariza bilan murojaat qilib, unda shu kuni soat 13:00 da Namangan shahar “Chorsu” dehqon bozorida joylashgan hojatxonada egnida bo`lgan kurtkasini qarovsiz qoldirganligidan foydalangan noma`lum shaxs, kurtkaning cho`ntagidan narxi 160 AQSh dollari bo`lgan “Iphone 6S” rusumli uyali telefon apparatini o`g`rilab ketganligini ma`lum qilib, chora ko`rishni so`ragan. Bu haqda Namangan viloyat IIB Axborot xizmati ma`lum qildi.

Namangan shahar IIO FMB 4-sonli JQB katta tezkor vakili tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni To`raqo`rg`on tumanida yashovchi, 1981 yilda tug`ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.

Surishtiruv ishlari davomida ushbu shaxs jinoiy harakatlarini davom ettirib, Namangan shahar Chorsu MFY hududida joylashgan “Xo`ja Amin” jome masjidiga namoz o`qish uchun kelgan, Namangan shahrida yashovchi, 1988 yilda tug`ilgan fuqaroga tegishli bo`lgan narxi 600.000 so`mlik erkaklar qishki oyoq kiyimini o`g`rilab ketganligi ham aniqlangan.

Ushbu holat bo`yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo`linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1