AsosiyJamiyat

Deputat Bosh prokuraturadan surxondaryolik blogerning jinoyat ishi bo`yicha xolis tekshiruv o`tkazilishini talab qildi

'Deputat Bosh prokuraturadan surxondaryolik blogerning jinoyat ishi bo`yicha xolis tekshiruv o`tkazilishini talab qildi'ning rasmi

"Bloger, faol fuqaro Otabek Sattoriyga nisbatan ehtiyot chorasi qo`llash maqsadidagi sud majlisi YoPIQ o`tkazilgan va hech bir ikkilanishsiz jamoatchilik faoliga nisbatan sud tomonidan "qamoq" ehtiyot chorasi qo`llanilgan," -  deydi Oliy Majlis quyi palatasining deputati Rasul Kusherbaev.   

" -  Yashasin Surxondaryoning qonunbuzar hokimi, prokurori, IIBsi va sudi! Bu dunyo qaytar dunyo...  

Bosh prokuraturadan sun`iy uyushtirilayotgan jinoyat ishining barcha ishtirokchilariga nisbatan ochiq oshkora, jamoatchilikni xabardor qilgan holda xolis tekshiruv o`tkazilishini talab qilamiz!", deydi deputat o`z postida.

Ma`lum qilinishicha, bloger Surxondaryo viloyati hokimi To`ra Bobolovni tanqid qilgan.  Bloger bozorda videoga olayotgan paytda bozor ma`muriyatidagilar tomonidan telefoni sindirilgan va shu telefoni uchun yangisini berishgani uchun unga tovlamachilik aybi qo`yilgan. 

    Boshqa yangiliklar