1

Tadbirkordan 1 000 AQSh dollari undirmoqchi bo`lgan qurilish korxonasi mas`uli ushlandi

Jinoyat 08.02.2021, 11:28
Tadbirkordan 1 000 AQSh dollari undirmoqchi bo`lgan qurilish  korxonasi mas`uli ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Jizzax viloyati boshqarmalari tomonidan tadbirkorlik sub`ektlarining qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan tezkor tadbir o`tkazildi. Bu haqda Bosh Prokuratura Darakchiga ma`lum qildi. 

 “Ta`mirlash tiklash xizmati” DUK Paxtakor tuman filiali rahbari X.E. noqonuniy daromad orttirish maqsadida “J.” MChJ rahbarining ishonchiga kirib, tumani hududidagi 10 ta ko`p qavatli uylarni ta`mirlash uchun shartnoma tuzish va buning uchun davlat byudjetidan ajratiladigan 950 mln so`mni jamiyat hisob raqamiga o`tkazib berish evaziga 1 000 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan E.X.ga Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1