AsosiyJamiyat

Poytaxtda to`qnashgan yo`lovchi tashuvchi avtobuslar yuzasidan qo`shimcha ma`lumot berildi

'Poytaxtda to`qnashgan yo`lovchi tashuvchi avtobuslar yuzasidan qo`shimcha ma`lumot berildi'ning rasmi

Bugun ertalab soat 06:50 atrofida, poytaxtda  46-sonli avtobus 134-sonli avtobus bilan Uchtepa tumani, Ko`kcha Darvoza-To`qimachi ko`chalari kesishgan chorrahada to`qnashib ketganligi haqida xabar berilgan edi.  

IIV YHXBB Axborot xizmati avtohalokat sodir bo`lgan yo`lovchi tashuvchi avtobuslar yuzasidan batafsil ma`lumot berdi. Ma`lum qilinishicha, bugun voqea soat 07:00larda sodir bo`lgan. Toshkent shahar, Uchtepa tumani, Jurjoniy-Beshqayrag`och ko`chalari kesishgan chorrahada, haydovchi, 1985 yilda tug`ilgan S.X. boshqaruvidagi “MAN” rusumli hamda haydovchi, 1969 yilda tug`ilgan B.M. boshqaruvidagi “Isuzu” rusumli, 18-avtobus saroyiga tegishli bo`lgan yo`lovchi tashuvchi avtobuslar ishtirokida to`qnashgan. 

To`qnashuv natijasida, “Isuzu” rusumli avtobus xaydovchisi 52 yoshli B.M. hamda ushbu avtobus yo`lovchilari, 47 yoshli K.O. va 63 yoshli F.I.larga birinchi tez tibbiy yordam ko`rsatilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, to`qnashuv sabablariga aniqlik kiritilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar