1

Shahrisabzlik firibgarlar fuqarolarni o`qishga kiritib qo`yish evaziga 22 500 AQSh dollari ishlagani aniqlandi

Jinoyat 08.02.2021, 19:13
Shahrisabzlik firibgarlar fuqarolarni o`qishga kiritib qo`yish evaziga 22 500 AQSh dollari ishlagani aniqlandi

Fuqarolarni o`qishga kiritib qo`yish evaziga 22 500 AQSh dollarini qo`lga kiritgan firibgarlarga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati "Darakchi"ga ma`lum qildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shahrisabz shahar bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro M.F. va I.Sh.lar firibgarlik yo`li bilan daromad orttirish maqsadida, fuqarolarning ishonchiga kirib, ularni tanishlari orqali “Abu Ali Ibn Sino” nomidagi jamoat salomatligi texnikumiga o`qishga kiritib qo`yish evaziga 21 nafar fuqaroning  

5 000 AQSh dollari va 5,2 mln so`mini shuningdek, fuqaro S.ni Qarshi davlat Universitetiga o`qishga kiritish va “Toshkent shahridan uy olib beraman” deb aldab, uning 17 500 AQSh dollarini qo`lga kiritganliklari aniqlangan.  

Mazkur holat yuzasidan M.F. va I.Sh.larga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi va 28,211-moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1