1

Farg`onalik fuqaro uyida "og`u" saqlab kelayotgani aniqlandi

Jinoyat 08.02.2021, 20:15
Farg`onalik fuqaro uyida "og`u" saqlab kelayotgani aniqlandi

O`zbekiston Respublikasi IIV O`XB Farg`ona viloyati bo`yicha bo`limi xodimlari Uchko`prik tumanida fuqaro uyida "og`u" saqlab kelayotganligini aniqladi. Bu haqda IIV JQBB Giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurashish boshqarmasi xabar qildi.

 Ma`lum qilinishicha, Uchko`prik tumani IIB JQB va TEQKG tezkor xodimlari tomonidan olingan tezkor ma`lumotga asosan 2021 yil 2 fevral kuni soat 13.30 da hamkorlikda o`tkazilgan "Turar joyda tekshirish o`tkazish" tezkor qidiruv tadbiri doirasida Uchko`prik tumani "Qo`qonboy" qishlog`ida yashovchi 1976 yilda tug`ilgan fuqaro P.D.ni Uchko`prik tumani Qo`qonboy qishlog`idagi yashash xonadoni va yordamchi xo`jaliklari xolislar ishtirokida ko`zdan kechirilganda, ushbu xonadonda joylashgan, P.D. ni yashash uyidan shimi cho`ntagida bo`lgan qog`oz o`ramida, xonadon oshxonasida bo`lgan gilam tagidan qog`oz o`ramida va xonadon molxonasi burchagidan qog`oz o`ramida va sellofan paketdagi o`ramlarda saqlanayotgan "nasha o`simligi" poyalari saqlanayotganligi aniqlanib, xolislar ishtirokida bayonnoma asosida olinib, tekshirib ko`rishlik uchun Uchko`prik tumani IIB ixtiyoriga olindi.

O`tkazilgan sudga oid kimyoviy ekspertizasining xulosalariga ko`ra, fuqaro P.D. ning yashash xonadonidan olingan yashil rangli, o`tkir hidli, quruq holdagi nasha o`simligiga o`xshash o`simliklar tarkibida faol giyohvand modda tetragidrokannabinol mavjud bo`lib, "marixuana" deb nomlanishi va umumiy sof og`irligi 48.25 grammga tengligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro P.D ga nisbatan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi "a" bandi  bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi.         

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1