1

Evropaga “Imodjen” po`rtanasi yog`ildi

Dunyo 10.02.2016, 06:03
Evropaga “Imodjen” po`rtanasi yog`ildi

Ispaniyaning bir qator shimoliy provinsiyalarida “Imodjen” po`rtanasi oqibatida “Qizil” (maksimal) darajadagi trevoga e`lon qilindi. Naviya shaharchasida juda kata to`lqin 1,6 yosh bolani dengizga olib ketdi.

Boshqa tumanlarda “Olovrang” po`rtana xavfi e`lon qilindi. Salnese shaharchasida po`rtana oqibatida yuzaga kelgan tornado bir nechta imoratni vayron qildi.

“Imodjen” po`rtanasi shuningdek Buyuk Britaniya va Fransiyaga ham yog`ildi. Buning oqibatida Parijda bir erkak va bir ayol jabrlandi, ayni damda ular xushsiz komada.

Angliya va Uelsda 15 mingta uy chiroqsiz qoldi.

Uelsda to`lqinlar balandligi 20-metr balandlikka etdi, shamol tezligi – 140 km/soat. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1