1

Fuqaroga Rossiya imperiyasida ishlab chiqarilgan qalbaki "tilla tanga"ni sotmoqchi bo`lgan toshkentlik firibgar ushlandi

Jinoyat 10.02.2021, 14:42
Fuqaroga Rossiya imperiyasida ishlab chiqarilgan qalbaki "tilla tanga"ni sotmoqchi bo`lgan toshkentlik firibgar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Chilonzor tumani bo`limlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro G.M. fuqaro N. va M.larning ishonchiga kirib, ularga rangli metall ko`rinishidagi 4 dona tangani go`yoki 1899 yilda Rossiya imperiyasida ishlab chiqarilgan haqiqiy qadimiy tanga sifatida baholab, 56,9 mln. so`mga sotgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan, shuningdek, G.M. muqaddam N.ga 1 dona rangli metall tangani qadimiy tanga sifatida baholab 14,1 mln. so`mga sotganligi aniqlangan. Bu haqda Bosh prokuratura jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo`limi boshlig`i Hayot Shamsutdinov ma`lum qildi. 

Ekspertiza xulosasiga ko`ra, 5 dona tanganing 1 tasi 1899 yilda Rossiya imperiyasida ishlab chiqarilgan haqiqiy oltin tanga ekanligini, qolganlari uning nusxasi ekanligi qayd etilgan.  

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1