AsosiyShou-biznes

Bryus Uillis va Demi Mur ajrashganidan 16 yil o`tib, yangi filmda sevishgan juftlik rolini ijro etadi

Gollivud yulduzlari Bryus Uillis va Demi Mur ajrashganidan 16 yil o`tib, ekranda sevishgan juftlik rolini ijro etadi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Ma`lum qilinishicha, sobiq er-xotin Gollivudning yangi loyihasida bosh rollarni ijro etishni rejalashtirmoqda. Film tafsilotlari hozircha sir saqlanmoqda.

Jurnalistlarning ma`lum qilishicha, hozirgi paytda Uillis va Mur ularga taklif etilgan film ssenariysi bilan tanishmoqda. Filmga bir-birini sevuvchi va vafodor er-xotin munosabatlari asos qilib olingan. Juftlikning suratga olish maydonchasida birgalikda bo`lishi aktyorlarning muxlislari uchun o`ziga xos sovg`a bo`lganligi ta`kidlanmoqda.

Oxirgi paytlarda 53 yoshli Mur filmlarda kamdan-kam suratga tushib, asosiy vaqtini bolalariga bag`ishlamoqda. 60 yoshli Uillis esa suratga olish maydonlarida ko`proq paydo bo`lmoqda. U yaqinda «Chaqilmas yong`oq»ning yangi qismida suratga tushishga rozilik berdi.

Aktyorlar 1987 yilda turmush qurgan bo`lib, ularning nikohi 13 yil davom etgan. Bu vaqt davomida ularning uch nafar qizi dunyoga kelgan.

 

    Boshqa yangiliklar