1

BMT “Islom Davlati”ning daromad manbaini ma`lum qildi

Dunyo 10.02.2016, 10:01
BMT “Islom Davlati”ning daromad manbaini ma`lum qildi

“Islom Davlati” terrorchilik guruhi Xavfsizlik Kengashi ularning daromad manbaini yopish to`g`risida chiqargan rezolyusiyasiga qaramay, hamon ularning asosiy daromad manbai bo`lmish neft mahsulotlari savdosi bilan shug`ullanish davom etmoqda, deya xabar beradi BMTning siyosiy masalalar bo`yicha bosh kotibi Jeffri Feltman. 

Suriya va Iroqda muqim joylashgan “Islom Davlati” guruhi bu mamlakatlardagi beqaror vaziyatdan foydalanib, o`z harakatlarini boshqa hududlarda ham davom ettirmoqda.

Terrorchilik guruhining asosiy daromadi o`zlari egallab turgan mamlakatning neft va boshqa tabiiy resurslari, yig`ilgan soliqlar, arxeologik qazilmalar paytida topilgan buyumlarni talon-taroj qilish, garovga olinganlarni sotish, internet orqali mablag` yig`ish orqali to`planadi. Bu guruhning 2015 yilda faqatgina neft mahsulotlari savdosidan topgan daromadi 400 million AQSh dollardan 500 million dollargacha etdi.

2015 yilning 17 dekabrida BMTning Xavfsizlik Kengashi terrorchilarning daromad manbaini yo`q qilish maqsadida ularning aktivlarini muzlatish, hududga tranzit yuklarning olib kirilishini taqiqlash, qurol bilan ta`minlayotgan tashkilotlar faoliyatiga chek qo`yish haqida rezolyusiya qabul qilgan edi.

Feltmanning aytishicha, terrorchilar yonilg`i sotgan va ularni ta`minlayotgan mamlakatlar to`g`risida BMT tashkilotiga a`zo mamlakatlardan ma`lumotlar kelib tushmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1