1

Farg`ona shahrida ayolning to`rt qop sochini o`g`irlab ketishdi

Jinoyat 11.02.2021, 14:34
Farg`ona shahrida ayolning to`rt qop sochini o`g`irlab ketishdi

Farg`ona shahrida 10 fevral kuni fuqaro B.B., O`.N., A.D., va X.J.lar bir guruh bo`lib, Quva ko`chasida joylashgan dala er maydonida Q.Z. ismli ayolni oldiga kelishib, narxi 44.100.000 so`mlik to`rt dona qoplarda joylangan 70 kg. sochlarini ochiqdan-ochiq tortib olib, hodisa joyidan yashirinishgan. Bu haqda Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan Farg`ona shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi «a» bandi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Farg`ona viloyat Ichki ishlar boshqarmasi yuqoridagi ko`rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligi haqida eslatib o`tadi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1