AsosiyJamiyat

Maxsus komissiya: Germaniya bilan aviareyslarni to`xtatish bo`yicha joriy etilgan cheklov bekor qilindi

'Maxsus komissiya: Germaniya bilan aviareyslarni to`xtatish bo`yicha joriy etilgan cheklov bekor qilindi'ning rasmi

So`nggi vaqtda jahonda koronavirus infeksiyasining yangi shtammi tarqalishi munosabati bilan aholini emlash bo`yicha chora-tadbirlar sezilarli darajada jadallashdi. Xususan, AQSh, Buyuk Britaniya, Isroil, BAA, Xitoyda aholini koronavirus infeksiyasiga qarshi emlash ishlari keng ko`lamda amalga oshirilmoqda. 

Shu munosabat bilan Respublika maxsus komissiyasining yig`ilishida mamlakatimizda barqaror epidemiologik vaziyatni saqlab qolish maqsadida koronavirus infeksiyasiga qarshi emlash bo`yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. 

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati rahbari B.Yusupalievning O`zbekiston delegasiyasining Rossiya Federasiyasining “Sputnik V” koronavirus vaksinasini o`rganish yuzasidan ushbu mamlakatga tashrifi natijalari bo`yicha hisoboti eshitildi.

Unda “Sputnik V” vaksinasi uchinchi bosqich klinik sinovlari yakuniga etkazilganligi hamda Rossiya Federasiyasida ro`yxatdan o`tkazilganligi, shuningdek, ushbu vaksinani O`zbekistonda sertifikatlashtirish va ro`yxatdan o`tkazish bo`yicha takliflar kelib tushganligi ta`kidlandi.

Rossiya Federasiyasi tomonidan taqdim etilgan uchinchi bosqich klinik sinovlari natijalari tahlili muhokama qilindi va birlamchi bosqichda sertifikatlashtirish hamda ro`yxatdan o`tkazish jarayonini boshlash mumkinligi ma`qullandi.

Shu bilan birga Innovasion rivojlanish va Sog`liqni saqlash vazirligining O`zbekistonda Xitoyning “Zhifei Longcom Biopharmaceutical Co.,Ltd” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan koronavirusga qarshi “ZN2001” vaksinasining O`zbekistonda 2020 yil dekabr oyidan boshlab 7 mingdan ortiq ko`ngillilarda o`tkazilayotgan uchinchi bosqich klinik sinovlari, shu jumladan, hozirgi kunga qadar birorta vaksina qabul qilgan ko`ngillida uning nojo`ya ta`siri kuzatilmaganligi bo`yicha axboroti tinglandi.

Shu bilan birga Respublika maxsus komissiyasining 2020 yil 21 dekabrdagi qaroriga muvofiq Germaniya bilan aviareyslarni (kirish, chiqish va tranzit reyslar orqali respublikaga kirish) to`xtatish bo`yicha joriy etilgan cheklov bekor qilindi.

Boshqa yangiliklar