AsosiyShou-biznes

Gulsanamning konsertidan keyin Ahrorning ketmoni “uchadi”

9 fevral kuni O`zbekiston xalq artisti Gulsanam Mamazoitovaning besh kunlik jonli konsertiga start berildi.

Konsert juda ajoyib va ko`tarinki kayfiyatda bo`lib o`tdi. Xonandaning xit va yangi taronalari muxlislarni tinimsiz raqslariga sabab bo`ldi.

Yangi “Opa sovchi bo`ling” deb nomlangan Xurshid Hamidov bilan birga ijro etgan duetining  ilk klip namoyishi, ommalashishga ulgurgan Farrux Raimov bilan aytilgan “Kuyov” dueti muxlislarning qichqiriqlari bilan uyg`unlashib ketdi. 

“Tun”  taronasi xonandaning g`amgin xonishining tengsizligini isboti bo`ldi. 

Ikki blokdan iborat dasturda xonanda qiziqchilarni taklif qilishdan “qochgan” shekilli. Negaki keyingi paytlar konsertlarda bir xil chiqishlarni taqdim etayotgan qiziqchilarimizga tomoshabinlar kulmay ham qo`yishgandi.  “Navo shou” ko`rsatuvi boshlovchisi Ahrorning konsertdagi tomoshabinlar orasidan ixtiyoriy chiqqan jonli erkak “pultlari” va ishtirokchi muxlisa qizlar bilan o`ynagan “Navo shou”si ichak uzdiligi bilan yil konsertlaridagi yangilik bo`ldi. Endi konsertda ishtirok etish borasida Ahrorning ketmoni “uchadi”.   

Konsert xaqida batafsil “Darakchi” gazetasida o`qishingiz mumkin...

Yodgorbek YuKSAL

    Boshqa yangiliklar