AsosiyJamiyat

Xayrullo Bozorov barchaga mashhur bo`lgan farg`onalik informatika o`qituvchisiga bir sinf kompyuter jamlanmasini sovg`a qildi

'Xayrullo Bozorov barchaga mashhur bo`lgan farg`onalik informatika o`qituvchisiga bir sinf kompyuter jamlanmasini sovg`a qildi'ning rasmi

Xabaringiz bor, sal avval farg`onalik informatika fani o`qituvchisi Odinaxon Yo`ldoshevaning Olimpiadaga olib chiqqan barcha o`quvchilari viloyat fan olimpiadasida mutloq g`oliblikni qo`lga kiritgani yurtdoshlarimizning e`tirofiga sazovor bo`lgandi.

Bugun o`qituvchi va o`quvchilarning ko`rsatgan yutuqlariga Farg`ona viloyati hokimi Hayrullo Bozorov Yaypan shahar 65-maktab internatiga bir sinf kompyuter jamlanmasi sovg`a qildi. Bu haqda Xalq ta`limi vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Sovg`ani viloyat hokimi o`rinbosari Fayzullo Qosimov maktab o`quvchi va o`qituvchilari bilan dildan suhbatda bo`lib, o`quvchilarga bundan-da yuqori cho`qqilarni zabt etishlarini tilagan holda topshirdi.  

Ma`lumot uchun: Xalq ta`limi vaziri Sherzod Shermatov Farg`ona viloyatiga amalga oshirgan tashrifi doirasida Odinaxon Yo`ldoshevaga Xalq ta`limi fidoyisi unvonini taqdim etgandi.

O`qituvchini trendga chiqargani uchun bloger Isroil Tillaboevga esa vazir tomonidan zamonaviy noutbuk taqdim etilgan.

    Boshqa yangiliklar