AsosiyShou-biznes

Walt Disney “Yulduzlar jangi” sharofati bilan rekord darajada daromad ko`rdi

Amerikalik Walt Disney mediakorporasiyasi 2016 yilning birinchi choragida “Yulduzlar jangi” filmining ettinchi epizodi ekranga chiqishi munosabati bilan rekord darajada daromad ko`rdi, deya xabar berildi korporasiyaning moliyaviy axborotida.

Film namoyishi tugatilgan birinchi chorakda, u keltirgan  sof foyda 2,88 milliard dollarni tashkil qildi, bu to`rtinchi chorakdagi foydadan 32 foiz ko`pdir. Walt Disney korporasiyasining birinchi chorakdagi umumiy tushumi 15,2 milliard dollardan iborat bo`lgan (14 foiz yuqori).

Walt Disney Studio Entertainment ko`ngilochar ko`rsatuvlar tayyorlaydigan bo`limining daromadi 86 foizga, ya`ni 1 milliard dollarga, suvenir va o`yinchoqlar tayyorlanadigan bo`limning daromadi esa 23 foizga o`sgan.

“Yulduzlar jangi” filmining kutilmagan muvaffaqiyati natijasida kompaniyamiz tarixida ilk marotaba yuqori darajada choraklik daromadga ega bo`ldik”, – dedi Walt Disney kompaniyasi prezidenti Robert Ayger.

“Yulduzlar jangi: Kuchlarning uyg`onishi” filmi omma e`tiboriga 2015 yilning 16 dekabrida havola etilgan. 21 dekabr kuni esa dunyo kinoprokati tarixida rekord natija  o`rnatib, 528 million dollar mablag` to`plagani ma`lum bo`lgan.

Filmning davomi 2017 va 2019 yillarda suratga olinishi rejalashtirilgan, sakkizinchi epizod hali nomlanmagan. Bosh qahramonlar rolini ettinchi epizodda suratga tushgan Jon Boyega va Deyzi Ridlilar o`ynashi taxmin qilinmoqda. “Yulduzdar jangi” fantastik kinoepopeya bo`lib, rejissyor Jorj Lukas tomonidan yaratilgan

    Boshqa yangiliklar