Avvalroq, Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo`jaevning jamoatchilik vakillari bilan O`zbekiston Mustaqilligining 30 yilligiga bag`ishlab “Istiqlol” majmuasini barpo etish masalasiga oid uchrashuvi bo`lib o`tayotgani haqida xabar bergan edik.
Poytaxt hokimi yig`ilish ishtirokchilariga o`zi ham bu “Moviy gumbazlar” xiyobonini saqlab qolishni istayotganini ta`kidladi:
“2 yil oldin “Moviy gumbazlar” xiyobonini chiroyli qilib ta`mirlatib qo`ydik. Park barpo qildik. Bunga 6 milliard so`m pul ketdi. Bu mablag`larni o`z cho`ntagimdan sarflaganman. Men ham bu erni saqlab qolishni istayman” .






