AsosiyJamiyat

Namanganda qalbaki hujjatlar bilan fuqarolarni Rossiyaga yubormoqchi bo`lganlar qo`lga olindi

'Namanganda qalbaki hujjatlar bilan fuqarolarni Rossiyaga yubormoqchi bo`lganlar qo`lga olindi'ning rasmi

Namangan viloyatida fuqarolarni Rossiya federasiyasiga qalbaki hujjatlar orqali yubormoqchi bo`lgan firibgarlar ushlandi. Bu haqda "darakchi.uz" ga Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXX tomonidan Namangan viloyatida o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar N.X. va A.A.lar pandemiya davrida Rossiya Federasiyasiga kirish taqiqlanganligidan foydalanib, ushbu davlatga ketish istagida bo`lgan ikki nafar fuqaroning ishonchiga kirib, ularga davolanish uchun soxta taklifnoma asosida Rossiya Federasiyasiga chiqarib yuborish evaziga firibgarlik yo`li bilan 1 000 AQSh dollari va 5,2 mln so`mni olib, qalbaki hujjatlarni bergan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168 va 228-moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar