1

Gonkongdagi ko`p qavatli binoda yong`in chiqib, yuzlab odamlar evakuasiya qilindi

Dunyo 11.02.2016, 05:46
Gonkongdagi ko`p qavatli binoda yong`in chiqib, yuzlab odamlar evakuasiya qilindi

Gonkongdagi odamlar yashaydigan ko`p qavatli binoda chiqqan yong`in oqibatida 500 kishi evakuasiya qilindi, gazi isidan zaharlangan 6 kishi kasalxonaga yotqizildi. Bu haqda "Vesti" xabar bermoqda.

Yong`in Gonkongning chekka tumanlaridan birida joylashgan ko`p qavatli binoda sodir bo`lgan.

Favqulodda hodisa 35-qavatli bino atrofidagi qurilish yog`ochlarining yonishi oqibatida yuzaga kelgan. Olov binoning 23-qavatdagi yog`och konstruksiyalarigacha etib borib, bir zumda yuqori qavatlarga ham ko`tarilgan. O`t o`chiruvchilar tilsiz yov bilan ikki soat davomida kurashib, uni batamom o`chirishga muvaffaq bo`lishdi.

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1