Amerikaning maxsus premium-klass kosmetik vositalarini ishlab chiqaruvchi Kiehl's kompaniyasi, teri parvarishida ishlatiladigan maxsus kremlarni Ben Stiller yordamida omma e`tiboriga havola etadi.
Mashable’ning xabar berishicha, bu kosmetik vositalar xunuk keksayishni istamagan insonlar uchun mo`ljallangan va “Namunali erkak-2” filmi namoyishi vaqtida sotuvga chiqishi ko`zda tutilgan.
Kosmetik vositalar qiyofasi etib, Stillerning qahramoni — o`zini dunyoning birinchi erkagi deb hisoblovchi Derak Zulander tanlandi. “Derek terini yoshartiruvchi har qanday kosmetik vositadan foydalanishni xush ko`ruvchi insondir. Shuning uchun aynan ugina bizning kosmetik vositalarimiz yuzi bo`lish huquqiga yuz foiz ega degan fikrga keldik”, – deydi kompaniya vakili.
“Namunali erkak-2” filmi muvaffaqiyatsizlikka uchragan erkak-model hayoti haqida hikoya qiladi. Filmda Ben Stillerdan tashqari Jastin Biber, Ouen Uilson, Penelopa Krus, Kane Uest, Kim Kardashyan, Naomi Kempbell va Kara Delevin kabi yulduzlar ham suratga tushishgan.





