AQSh prezidentligiga da`vogarlik qilayotgan ikki nafar Respublikachilar partiyasi a`zosi saylov kampaniyasida ishtirok etishdan bosh tortdi.
Hewlett Packard sobiq bosh direktori Karli Fiorina bu haqda o`zining Facebook’dagi sahifasida m`lum qildi.
Nyu-Jersi shtati gubernatori Kris Kristining qarorini uni qo`llab quvvatlayotganlar Nyu-Gempshirda bo`lib o`tgan dastlabki saylovlar (praymeriz)dan keyin ma`lum qildi, bu haqda USA Today xabar beradi.
AQSh prezidentligiga saylov 8 noyabr kuni bo`lib o`tadi. Amaldagi prezident Barak Obama uchinchi muddatga nomzodini qo`ya olmaydi.





