Davlat soliq qo`mitasi axborot xizmati xabar berishicha, «bir kunlik firmalar» ning noqonuniy faoliyatiga qarshi kurashishning samarali mexanizmi joriy etildi.
2021 yil 16 fevralda Davlat soliq qo`mitasiga ariza yuborgan 57 ta korxonada o`tkazilgan soliq nazorati tadbirlarining dastlabki natijalariga ko`ra quyidagilar aniqlandi:
- 52 ta korxona yoki 91,3% hollarda «qalbaki» operasiyalarni amalga oshirish faktlari tasdiqlandi;
- 1 ta korxona uchun yoki 1,7% hollarda «qalbaki» operasiyalarni amalga oshirish holati tasdiqlanmadi, shu sababli ortiqcha olingan mablag`larni qaytarish bo`yicha tazkor jarayonlar boshlandi;
- 4 ta tashkilotda yoki 7% holatlarda noqonuniy hisobga olish qisman tasdiqlangan.
Shuningdek, birgina Toshkent shahrida 74 korxona noqonuniy hisobga olganligini tan olib ixtiyoriy ravishda 4,6 milliard so`m miqdoridagi mablag` bo`yicha qayta hisob kitobni amalga oshirdi.