Misrning Beni-Sueyf provinsiyasida yo`lovchi poezdi relsidan chiqib,ikki vagoni ag`darilib ketdi. Bu haqda “Lenta.ru”.
Asuan shahridan Qohiraga otlangan poezd yo`lda sement blokiga to`qnashib ketgan.
Ko`ngilsiz hodisa oqibatida kamida 61 kishi jabrlangan. Ulardan 37 kishi shifoxonaga joylashtirilgan.
Voqea joyida qutqaruvchilar guruhi, huquq-tartibot organlari xodimlari ish olib bormoqda.





