O`tgan yil davomida 7812 tup daraxt noqonuniy kesilgan va 15,3 mlrd so`mlik zarar etkazilgan.
Bu haqda AOKAda tashkil etilgan matbuot anjumanida Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo`mitasi raisi o`rinbosari Islombek Boqijonov ma`lum qildi:
«O`tgan yili ekologik nazorat tadbirlari natijasida 3890 ta huquqbuzarlik aniqlanib, jami 7812 tup daraxt, shundan 3428 tup qimmatbaho daraxt noqonuniy kesilgani uchun 136 nafar mansabdor shaxsga 4,5 mlrd so`m jarima solindi va 15,3 mlrd so`mlik etkazilgan zarar aniqlandi.
Moratoriy davrida qariyb 5609 ta jismoniy va yuridik shaxsdan qimmatbaho daraxtlar va turli o`rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar kesilishi bo`yicha ariza tushgan. Bu murojaatlarda 258 ming daraxt tupini kesish masalasi ko`tarilgan. Shundan 182 ming tup qimmatbaho daraxt kesilishi rad etilgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda bir yil davomida 400 ga yaqin daraxt kesilishi bo`yicha tanqidiy material chiqqan. Bu — daraxt kesilishining oldini olish bo`yicha ishlarimizga yaxshi samara ko`rsatyapti».