Xabaringiz bor, shu kunlarda Davlat soliq qo`mitasi tomonidan qo`shilgan qiymat solig`i (QQS) to`lovlarini noqonuniy ravishda kamaytirish maqsadida shubhali operasiyalarni amalga oshirgan 396 ta tadbirkorlik sub`ektlarining ro`yxati e`lon qilingani va ular bilan munosabatlarga kirishgan tadbirkorlarga QQS summasiga o`zgartirish kiritish va qayta aniqlashtirilgan hisobotlarni taqdim etish yuzasidan xabarnomalar yuborilgani jamoatchilik tomonidan keng muhokama qilinmoqda.
Oliy Majlis Senati Matbuot xizmatining ma`lum qilishicha, Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo`mitasi tomonidan mazkur holat yuzasidan tegishli tashkilotlar mutasaddilariga so`rov yuborilgan va nazoratga olingan.
" - Tez orada so`rov natijalari, xususan, ushbu holatga qonuniy chora ko`rilishi haqida batafsil ma`lumot beriladi", deyiladi Matbuot xizmati xabarida.