Ayni paytda Namangan viloyat hokimligida Prezident Shavkat Mirziyoev ishtirokida xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo`lib o`tmoqda.
Sessiyada Prezident mamlakat aholisini koronavirusga qarshi qarshi emlash uchun vaksina masalasiga ham to`xtalib o`tdi, deya xabar qilmoqda “Darakchi” muxbiri Sardorbek Rahmonqulov.
“Menga Alisher Usmonov “Men Namanganni yaxshi ko`raman. O`zbekistonga Rossiyadan olib kelinadigan bir million “Sputnik” vaksinasining besh yuz mingtasini pulini o`zim beraman. Shundan ilk 50 mingtasini Namangan viloyatiga bersak, deb so`radi”, - dedi Prezident, - “Eng foydasi tegadigan vaksinani olib kelamiz. Hamma o`z fikrini aytsin. Men uchun eng katta masala – xalqning salomatligi. Kimdir, Xitoy, kimdir Amerika vaksinasini maqtaydi. Qaysi sinov ma`qul bo`lsa, pulidan qat`iy nazar, etkazib olib kelamiz”.