Ayni paytda Namangan viloyat hokimligida Prezident Shavkat Mirziyoev ishtirokida xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo`lib o`tmoqda.
Sessiyada Prezident yig`ilishdan so`ng shahar aylanishini ma`lum qildi, deya xabar qilmoqda “Darakchi” muxbiri Sardorbek Rahmonqulov.
“Yig`ilish tugagandan so`ng shaharni aylanaman. Shunday chiqamanu, istalgan mahallaga kiraman. Men bilmayman qaerga borishimni. Bu tashrifga ko`p narsa bog`liq. Shahar rahbarlarining ishda qolish-qolmasligi bugun ko`radiganlarimga bog`liq. Agar ishlar yaxshi yo`lga qo`yilmagan bo`lsa, hokim ham, prokuror ham, soliq va IIV boshlig`i ham ishdan ketadi.
Ular shunchaki ishdan olinmaydi, balki qonun oldida javob beradi”, — dedi Shavkat Mirziyoev.