“Ko‘ngil ko‘zi” loyihasi doirasida Jizzaxdan 11 nafar bola Toshkentga olib kelindi. Bu haqda loyiha muallifi, Milliy mass-mediani qo`llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi o`rinbosari Saida Mirziyoeva xabar berdi.
"Ko‘ngil ko‘zi" loyihasining xayriya aksiyasi doirasida respublikadagi ixtisoslashtirilgan maktab-internat o`quvchilari ommaviy tekshiruvdan o`tkazildi va ko`rish qobiliyatini tiklash yoki maksimal darajada yaxshilash imkoni bo`lgan bolalarni operasiya qilish boshlandi. Davolash imkoni bo`lmagan bolalarga esa ko`zning noto`g`ri rivojlanishi bilan bog`liq asoratlardan qochishda yordam beriladi.
Bugun Toshkentga Jizzaxdan 11 nafar jasur va qat`iyatli bemorlar olib kelindi. Ularning to`qqiz nafarida jarrohlik amaliyoti o`tkaziladi, ikki nafariga esa ko`z protezlari qo`yiladi.
Jami 478 nafar bola operasiya qilinib, ularda 630 ta jarrohlik amaliyoti o`tkaziladi.
Biz har bir bola uchun kurashamiz va ularga yordam berish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solamiz",–deydi Saida Mirziyoeva o`zining telegram sahifasida.