“Muhtasham yuz yil” teleserialida Malkocho`g`li Boli bey obrazi orqali tanilgan turk aktyori Burak Ozchevit Bokuda namoyishi boshlangan “Kardeşim Benim” filmi taqdimot marosimiga tashrif buyurdi, deb xabar beradi “1news.az”.
Mazkur filmda Burak Ozchevit bosh rolni ijro etgan. Boku shahridagi film taqdimot marosimiga Burakdan tashqari filmda rol ijro etgan aktrisa Asil Enver ham kelgan. Taqdimot marosimi oldidan turkiyalik aktyorlar ishtirokida matbuot anjumani o`tkazildi.


Bu Burak Ozchevitning Boku shahriga ikkinchi tashrifi. Bundan avval u 2015 yil yanvar oyida “Aşk sana benzer” filmi prem`erasiga sevgilisi Faxriya Evjen bilan kelgan edi.

Burak ijtimoiy tarmoqlardan biridagi sahifasiga Boku shahridagi mehmonxona derazasi yonida tushgan suratini joyladi va ozarbayjonlik muxlislariga salom yo`lladi.
Burak Ozchevit ishtirokidagi yangi film komediya janrida suratga olingan.





