Avvalroq, ikki kun ichida havo harorati 22 daraja sovuqqacha pasayib ketishi haqida xabar bergan edik.
"O`zgidromet" bergan ma`lumotga ko`ra, fevral oyining ikkinchi o`n kunligida g`ayritabiiy yuqori havo harorati hisobiga mevali daraxtlar, tut va tokning bahorgi vegetasiyasi o`rtacha ko`p yillik ko`rsatkichlardan 2,5-3 hafta erta boshlandi.
O`n kunlikning birinchi yarmida respublika hududining katta qismida mevali daraxtlarda yalpi kurtaklarini bo`rtishi va ochilishi boshlandi; o`n kunlikning oxiriga kelib, erta gullaydigan mevali daraxtlarni gullashi boshlandi. Respublikaning janubida erta gullaydigan mevali daraxtlarning gullashi fevral oyining birinchi o`n kunligida boshlanib, ikkinchi o`n kunlikning oxiriga kelib, gullash yalpi bo`ldi.
25-27 fevralda kutilayotgan sovuqlar mevali daraxtlarning yozilgan kurtaklari va gullariga zarar etkazadi.