AsosiyDunyo

Suriyadagi yarashuv sulhining DAISh jangarilariga aloqasi bo`lmaydi

Myunxenda Suriyadagi keskin vaziyatni barqarorlashtirish yuzasidan o`tkazilgan muzokarada AQSh davlati bosh kotibi Jon Kerri qarama-qarshi kuchlarning bir haftalik yarashuvi “Islom Davlati”, “Nusra fronti” va boshqa terrorchilik guruhlariga hech qanday aloqasi bo`lmaydi, deya ta`kidladi, deb xabar beradi “VVS” nashri.

Uning rossiyalik hamkasbi Sergey Lavrov o`z navbatida, Suriyada terrorchilarga qarshi o`tkaziladigan quruqlikdagi jang vaziyatni battar keskinlashtirishi mumkinligi haqida fikr bildirdi. Myunxen muzokarasida har ikkala tomon ham bir haftalik yarashuvga kelishdi. “Majburiyatlar yozma ravishda qayd etildi, ammo uni bajarish har ikkala tomonning vijdoniga havola. Rossiya va AQSh harbiy harakatlarni bir haftaga to`xtatishga kelishdi”, deya ta`kidladi Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov. Ammo ularning britaniyalik hamkasbi Filip Xemmond “Rossiya qachonki Bashar Asad qo`shinini havo zarbalari orqali qo`llab-quvvatlashni to`xtatsagina, bir haftalik yarashuv o`z kuchini ko`rsatishi mumkin”, dedi. Diplomatning so`zlariga qaraganda, BMT ning tinchlikparvar vakillari urush ketayotgan hududlarda gumanitar yordam ko`rsatishadi. AQSh va Turkiya mamlakatlari Rossiyaning havo orqali berayotgan zarbalari tufayli Suriyaning tinch aholisi halok bo`lyapti degan fikrini o`zgartirmadi.

    Boshqa yangiliklar