AsosiyDunyo

Rossiya poytaxti Novosibirsk yoki Ekaterinburgga ko`chirilishi mumkin

Buryatiya Respublikasi federasiya kengashi senatori Arnold Tuloxonov Rossiya poytaxtini ko`chirishni taklif qildi, deya xabar berdi “Gazeta.ru” nashri.

 “Poytaxt Novosibirsk, Ekaterinburg yoki mamlakat markazida joylashgan biror shaharga ko`chirilishi lozim. Bunda amaldorlarning emas, aholining manfaatlarini ko`zda tutish lozim. Hozir 75 foiz yuk Moskva orqali tashilmoqda, Yoqutistondan Chita shahriga borish uchun Moskvaga kelishga to`g`ri keladi.

Poytaxtni ko`chirishning asosiy sababi iqtisodga borib taqaladi. Bunday ulkan mamlakatni bu yo`sinda boshqarib bo`lmaydi ”, — dedi senator Ulan-Udeda o`tkazilgan matbuot yig`ilishida. U fikriga misol qilib, Qozog`iston poytaxti Almatining muvaffaqiyatli ravishda Astana shahriga ko`chirilganini ko`rsatdi.

    Boshqa yangiliklar