Aprelda o`n kunlik konsertini taqdim etishni niyat qilgan xalq artisti Ozodbek Nazarbekovdan negadir bu yil xit qo`shiq taqdim etilmayotgani muxlislarini havotirga solmoqda. Bunga oydinlik kiritish maqsadida u bilan bog`landik...
- Konsertga oz vaqt qoldi. Ammo, hali konsertni “yukini” bosadigan xitdan darak yo`q?
- Nega?! Navbati bilan yangi qo`shiqlarni xit bo`lishi uchun muxlislarga tortiq etyapmiz-ku! “Ketsa ketar” nomli qo`shiq va Alisher Navoiy g`azali bilan aytiladigan “Yurak sanchar”ni radiolar orqali taqdim etdik. Tinglaganlar o`z baholarini berishmoqda...
-Biroq klip yo`q-ku?! Klip baribir qo`shiqni xit bo`lishi uchun asosiy me`zonlardan biri axir...
- Rosti shunga qo`l tegmayapti. Klip olishimiz kerak. Ammo, rejadagi ishlardan ortib bo`lmayapti. Nasib qilsa muxlislarga albatta klip ham taqdim etamiz...
Yodgorbek YuKSAL





