Bugun ijtimoiy tarmoqlar va telegram kanallarda "Samarqand: Payariqda 1 metr qor yog`di, moshinalar deyarli qor ostida qoldi" nomli videolavhalar e`lon qilindi.
IIB YHXB axborot xizmatining ma`lum qilishicha, bu xabar aslida haqiqatga zid bo`lib, lavhalar bundan bir necha yil avval olingan. Kecha yog`gan qor 3-4 smni tashkil qiladi va yo`lda muzlama hosil bo`lganligi sababli qum-tuz aralashmasi sepish choralar ko`rilgan.
" -- Jamoat tartibiga yoki xavfsizligiga tahdid soluvchi, haqiqatga zid yolg`on axborotni tarqatish, shu jumladan, OAV, telekommunikasiya tarmoqlari yoki Internet jahon axborot tarmog`ida tarqatganlik uchun qonunda belgilangan tartibda javobgarlik mavjudligini eslatib o`tamiz", - deyiladi xabarda.