Pensilvaniyada (AQSh) tezyurar trassada 50 ta avtomobil to`qnashib ketdi, deya xabar beradi TASS.
Uch kishi halok bo`ldi, bir necha kishi yaralandi. Trassa bo`ylab ikki tomonlama yo`l harakati to`xtatildi.
Hodisa joyiga polisiyachi, o`t o`chiruvchi, qutqaruvchi hamda tez yordam mashinalaridan iborat brigadalar safarbar etildi.





