AsosiySport

Ramosning «Real» bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilgacha uzaytirilishi mumkin

'Ramosning «Real» bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilgacha uzaytirilishi mumkin'ning rasmi

«Real» sardori Serxio Ramos ko`p ehtimol bilan shartnomasini uzaytiradi, deb yozadi El Espanol. 

Manbaga ko`ra, himoyachi madridliklar bilan 2023 yilgacha mo`ljallangan yangi shartnoma tuzishga juda yaqin.

Ispaniyalik futbolchining maoshi koronavirus pandemiyasidagi inqiroz tufayli 10 foizga qisqaradi va yiliga 12 mln evroni tashkil qiladi. 

Ta`kidlanishicha, Ramosga «Real»dan bo`lgan taklif yagona bo`lib turibdi. Boshqa klublardan aniq taklif yo`q. 

Ma`lumot o`rnida, Ramos «Real»da 2005 yildan beri harakat qiladi. U bu mavsumda La Ligada 14ta bahsda 2ta gol urdi.

    Boshqa yangiliklar