AsosiyShou-biznes

Munisa Rizaevadan yangi klip “Manbop”(Video)

Xonanda Munisa Rizaeva kuni kecha o`zining yangi “Manbop” qo`shig`iga ishlangan klipni muxlislari e`tiboriga havola etdi. 

Klipda bosh rollarni uning o`zi va klip rejissyori Narimon Sultonxo`jaev ijro etgan. Klip   komediya janrida suratga olingan. Unda yigit va qizning bir-biri bilan tanishishidan boshlab, turmush qurishi, farzandli bo`lishi va Fransiyaga borish orzusini amalga oshirish uchun pul yig`ishi tasvirlangan. Sevishganlar birin-ketin farzandli bo`ladi, umr esa o`tib boraveradi. Ular qarib qolgach, farzandlari Fransiyaga ikki kishilik chipta sotib olib beradi.

Klipni ko`rib, Munisaning yaxshi aktrisa ekanligiga yana bir bor amin bo`lish mumkin.

Quyida kayfiyatni ko`taruvchi “Manbop” klipini tomosha qilishingiz mumkin.

 

    Boshqa yangiliklar