Dushanba kuni inson qadami etmagan Oklend oroli shimoli-sharqidan 219 kilometr uzoqlikda 6,2 ballik er osti silkinishi qayd etildi, deya xabar berdi RIA Novosti nashri.
Keltirilgan zarar haqida ma`lumotlar yo`q. Yangi Zelandiya orqali Tinch okeanning “olovli mintaqasi” – vulqonlar va tektonik yoriqlar 40 ming kilometr masofaga cho`zilgan. Bu erda sayyoramizning eng mashhur vulqonlari joylashgan va zaminimizda yuz beradigan 90 foiz er osti silkinishlari aynan shu erda qayd etiladi.





