Dipika Padukone Gollivudda suratga olinadigan yangi “XXX” filmida Vin Dizel bilan birga suratga tushadigan bo`ldi, deya xabar berdi “zee-tv.ru” nashri.
Dipika ilgari ham Gollivudda suratga olingan “Forsaj-7” filmida ishtirok etish uchun taklif etilgan, biroq u “Romea va Juletta”ning hindcha varianti bo`lmish “Ram va Lila” filmi s`yomkalari bilan band bo`lgani bois bu taklifni rad etgandi.
Bundan bir necha oy avval MAMI kinofestivalida Ranvir Singx “Dipikaning Gollivudni zabt etish vaqti keldi”, degan iborasi o`z tasdig`ini topgan ko`rinadi.





