Surxondaryoda ayol eri tomonidan pichoqlandi (video)

Jinoyat 11.03.2021, 15:49
Teglar: IIB, Denov
Surxondaryoda ayol eri tomonidan pichoqlandi (video)

Shu yilning 23 fevral kuni kechki soat 20.30lar atrofida Denov shahri Ibn Sino mahallasi "Nazokat" ko`chasida istiqomat qiluvchi 1995 yilda tug`ilgan ayol o`zining turmush o`rtog`i tomonidan pichoqlangan. Bu haqda "Zamon" informasion dasturidan xabar berildi.  

Xabarda aytilishicha, erkak doimiy ravishda spirtli ichimlik iste`mol qilib ayolini turli qiynoqlarga solib kelgan.  

Og`ir jarohat olgan yosh kelin jon talvasasida tuman IIB bo`limiga keladi. IBB xodimlari esa ayolni zudlik bilan shifoxonaga olib boradi.  

Mazkur holat yuzasidan, Denov tuman Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi huzuridagi tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi e bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib tergov harakatlari olib borilmoqda. Hozirda ayblanuvchiga nisbatan qamoqqa olish jazosi qo`llanilgan.

Sharhlar

Surxondaryoda ayol ko`chaga o`ynashga chiqib, chaqirganda kelmagan bolasini kaltakladi. Qizcha shifoxonada

26.04.2023, 10:39

Ijtimoiy tarmoqlarda “Surxondaryo viloyat Denov tuman Katta karshi mahallasida onasi tomonidan ayovsiz kaltaklangan qizchaning holati aks etgan videoxabar tarqaldi. Holat yuzasidan Denov tuman Ichki ishlar boshqarmasi...
"Haddingni bilib yur, bilmasang, bildirib qo`yaman". Yakkabog` tumani IIB mulozimining xodimga qilgan do`q-po`pisasi bo`yicha tekshiruv boshlandi (video)

07.12.2022, 11:47

Yakkabog` tuman IIB boshlig`i birinchi o`rinbosari qo`l ostidagi xodimga qo`pol munosabatda bo`lgani aks etgan video tarqalmoqda.Holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati IIB matbuot xizmati izoh berdi. Ma`lum...
Toshkentda IIB xodimining o`ldirilishi ayol kishi bilan bog`liqmidi? Shov-shuvlarga oydinlik kiritildi

03.12.2022, 11:21

Sal avval Toshkentda chaqiruv bo`yicha voqea joyiga etib borgan IIB xodimi o`ldirilgani xabar qilingan edi. Ayrim OAVlarda Toshkent shahri Olmazor tumanida vafot etgan profilaktika inspektori...
Jizzaxda ichki ishlar xodimi YTHga uchrab halok bo`ldi. U nazorat-tekshiruv postiga tungi xizmatga ketayotgan bo`lgan (video)

12.10.2022, 12:03

Jizzaxda nazorat-tekshiruv postiga tungi xizmatga ketayotgan IIB xodimi avtohalokatga uchrab vafot etdi. Bu haqda "Zamon" dasturida xabar qilindi. Ma`lum qilinishicha, Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani "Uchtepa"...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1