Bugun, 11 fevral kuni "O`zbekkino" Milliy agentligining "Yoshlar ijodiy-tajriba studiyasi"da "Zumrasha" hajviy jurnalining yangi soni namoyishi bo`lib o`tdi.
Namoyishda Milliy telekanalining "Aralash-quralash" ko`rsatuvi ijodkorlari hamda yosh tomoshabinlar va ularning ota-onalari qatnashishdi.
Kinojurnalning navbatdagi ijodkorlari:
Rejissyorlar: Botir Abdurahmonov, Erkin Bozorov
Ssenariy mualliflari: Erkin Bozorov, A`zam Is`hoqov
Operatorlar: Sardor Anvarov, Jahongir Abdurahmonov
Rassomlar: Bektosh Rajabov, Ibrohim Nomozov
Eslatib o`tamiz, “Zumrasha” kinojurnali bolalar bilan yuz beradigan kulgili voqealar, sarguzashtlar haqida hikoya qiladi.