1

AQShda 1990 yilda qotillik sodir etgan jinoyatchi qatl etildi

Dunyo 17.02.2016, 11:55
AQShda 1990 yilda qotillik sodir etgan jinoyatchi qatl etildi

AQShning Texas shtatida qotillik sodir etgan jinoyatchi qatl etildi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.

Jinoyatchi 1990 yilda Dallas shtatidagi do`konlardan birini o`marayotgan paytda sotuvchini o`ldirgan edi. 

43 yoshli jinoyatchi Gustavo Garsiya Xantsvill shahrida o`limga hukm qilinganlar saqlanadigan kamerada o`limga olib keluvchi in`eksiya yordamida qatl etilgan. 

Ma`lumotlarga ko`ra, qotillik sodir etgan jinoyatchi hayotining asosiy qismini o`lim jazosi ado etilishini kutib o`tkazgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1