AsosiyJinoyat

Toshkent viloyatida katta miqdordagi dori vositalarining noqonuniy savdosiga chek qo`yildi

'Toshkent viloyatida katta miqdordagi dori vositalarining noqonuniy savdosiga chek qo`yildi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda Davlat bojxona qo`mitasining Toshkent viloyati boshqarmalari tomonidan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirlarda, Toshkent tumanida fuqaro X.N. noqonuniy daromad orttirish maqsadida 5 000 dona “Geparin” dori vositasini dorixona va uning filiallaridan tashqarida xaridorga 20 000 AQSh dollariga, xuddi shunday Yangiyo`l tumanida fuqaro I.I. 8 000 dona “HepaCare” nomli dori vositasini 148,8 mln so`mga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Bu haqda Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi. 

Xabarda aytilishicha, mazkur holatlar yuzasidan X.N. va I.I.larga nisbatan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (dori vositalarini dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizasiya qilish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Boshqa yangiliklar