AsosiyShou-biznes

"Gremmi" taqdirlash marosimiga afsonaviy qo`shiqchi Pol Makkartnini kirgizishmadi

"Gremmi" mukofotini topshirish marosimidan so`ng uyushtirilgan kechaga kelgan afsonaviy qo`shiqchi Pol Makkartnini qo`riqchilar tanimagani uchun ichkariga kiritishmadi, deb yozadi “Vesti” nashri. 

Eng qizig`i, kechaga kiritilmaganlar orasida yosh rok-yulduz Bek, Foo Fighters guruhi sozandasi Teylor Xokins ham bor.
Ma`lumotlarga ko`ra, taqdirlash marosidan keyin uyushtirilgan kecha Los-Anjelesdagi “Argayl” klubida bo`lib o`tgan.
Xabar berishlaricha, Makkartni ikki marta klubga kirishga uringan. Ammo qo`riqchilar mashhur “Bitlz” guruhi yakkaxonini tanimagan. Sal keyinroq, qo`riqchilar Bek va Xokinsni ham kiritmagan.
Ma`lumot uchun, 15 fevral kuni 58-“Gremmi” mukofoti g`oliblariga topshirildi.

Pol Makkartni “Bitlz” guruhi tarkibida 10 marta mazkur mukofotni qo`lga kiritgan.

    Boshqa yangiliklar