AsosiyJinoyat

Kogonda jamiyat rahbari va bank mutaxassisi fuqarolarga rasmiylashtirilgan mikroqarzlarni o`zlashtirishgan

'Kogonda jamiyat rahbari va bank mutaxassisi fuqarolarga  rasmiylashtirilgan mikroqarzlarni o`zlashtirishgan'ning rasmi

Kogon shahrida fuqarolar  nomiga mikroqarz rasmiylashtirib o`zlashtirgan jamiyat rahbari va bank mutaxassisiga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departament ma`lum qildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Kogon shahar bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “K.S.” MChJ rahbari R. M. AT “Xalq banki” Kogon filiali mutaxassisi Sh.A. bilan oldindan til biriktirib, 4 nafar fuqaroga ajratilgan jami 43 mln so`m kreditni jamiyat hisob raqamiga o`tkazganligi, shuningdek, 9 nafar fuqaroning nomiga ularning xabarisiz 172 mln so`m mikroqarz rasmiylashtirib, ushbu mablag`larni o`zlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan R.M. va Sh.A.larga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar