1

2010 yildan beri Iroqda ilk bora BMT vakili qatl etildi

Dunyo 17.02.2016, 15:18
2010 yildan beri Iroqda ilk bora BMT vakili qatl etildi

BMT vakilining qatl etilishi kechirib bo`lmaydigan, shafqatsiz jinoyatdir, deb vaziyatni baholadi tashkilotning bosh kotibi.

RIA nashrining yozishicha, Iroqda hamkorlikdagi missiyani bajarishda qatnashayotgan BMT xodimini o`tgan yilning aprel oyida mamlakat sharqida joylashgan Diyala viloyatida o`g`irlab ketishgan va otib o`ldirishgan. Taxminlarga ko`ra, uni shu hududdagi jangarilar qatl etgan. BMT Iroq hukumatidan o`g`irlangan xodimning xavfsizligini ta`minlash yuzasidan bir necha marotaba yordam so`ragan. 

2015 yilning 14 noyabr kuni Baakubo shahridan o`q otish qurolidan otib o`ldirilgan shaxsi noma`lum erkak kishining murdasi topilgan. 2016 yilning 15 yanvar kuni mahalliy hukumat vakillari uning shaxsini aniqlay olmay, dafn etishgan. Dushanba, 15 fevral kuni Al-Qaysning murdasi aks etgan suratni ko`rgan do`stlari uni tanib qolishgan va bu haqda BMTga xabar bergan.

Reyter agentligining xabar berishicha, oxirgi marta Iroqda 2010 yilda BMT xodimi halok bo`lgan edi. Ayol uyning oldida turgan avtomobilning portlatilishi oqibatida dunyodan ko`z yumgan edi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1