AsosiyJinoyat

Toshkent viloyatida 1 mlrd so`mlik giyohvand moddalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo`yildi

'Toshkent viloyatida 1 mlrd so`mlik giyohvand moddalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo`yildi'ning rasmi

Toshkent viloyatida o`tkazilayotgan «zarbdor oyligi» doirasida tezkor xodimlar taxminiy narxi 1 mlrd so`mlik giyohvandlik va psixotrop dorilar vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo`ydi. Bu haqda Toshkent viloyati IIBB Axborot xizmati ma`lum qildi.

2021 yil 3 mart kuni Toshkent tumani IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi tezkor xodimlari tomonidan o`tkazilgan tadbir davomida, Toshkent tumani Bunyodkor MFYda yashovchi 1984 y.t. M.K. va sherigi 1988 y.t. L.A. nazoratdagi arizachiga «tramadol» 15 ta konvalyutadagi jami 150 dona tabletkalarni 300 ming so`mga sotayotgan vaqtida ushlanadi.

Ushlangan shaxslar bilan o`tkazilgan suhbat davomida dorilarni “Ma`murxon” ismli shaxsdan olganligini aniqlanadi va tadbir davom ettiriladi. Toshkent tumanida yashovchi M.Z. ham 43 ta konvalyutadagi jami 430 dona tramadol va 33 dona tropikomid tabletkalarni shartli xaridorga sotayotgan vaqtida tezkor xodimlar tomonidan qo`lga olinadi.

Mazkur dori vositasining asosiy manbasini aniqlash va jinoyatga butunlay chek qo`yish maqsadida tezkor tadbir davom ettirilib, olingan ma`lumotga asosan, Toshkent tumani «Oltintepa» MFYda yashovchi 1894 y.t. A.J.ning yashash xonadoni belgilangan tartibda xolislar ishtirokida ko`zdan kechiriladi. Ko`zdan kechirish davomida 5 789 dona "tramadol" va 8 640 dona "selofen" kuchli ta`sir qiluvchi psixotrop dori vositalari saqlayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo sifatida hujjatlashtirilib olinadi.

Toshkent tumani IIB tezkor xodimlar tomonidan tunu kun o`tkazilgan tadbir natijasida taxminiy bozor narxi 1 mldr so`mga teng bo`lgan jami 6 239 dona "tramadol" giyohvandlik dori vositasi va 8 640 dona "selofen" hamda 33 dona "tropikomid" kuchli ta`sir qiluvchi psixotrop dorilar daliliy ashyo sifatida olinib, besh nafar shaxslar ushlanadi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Toshkent tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, yuqorida qayd etilgan shaxslar prosessual tartibida ushlangan.

    Boshqa yangiliklar