AsosiyJinoyat

Surxondaryoda jazo muddatini o`tayotgan shaxs takror jinoyat sodir etdi

'Surxondaryoda jazo muddatini o`tayotgan shaxs takror jinoyat sodir etdi'ning rasmi

Denov tumanida 2021 yilning 28 fevral kuni taxminan soat 16:00larda, Denov tumani “Gulobod” mahallasida yashovchi, X.R. tumanning “Totuvlik” mahallasi hududida joylashgan “Savlat” oshxonasida “O`zgarish” mahallasida yashovchi, N.A.ga tegishli “Redmi note 7” rusumli telefonini, uning g`ilofi ichida bo`lgan 500 AQSh dollari va haydovchilik guvohnomasini uni aldab olib, o`z manfaati uchun ishlatish maqsadida qochib ketgan. Bu haqda Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati ma`lum qildi.

Mazkur holat yuzasidan, 2021 yilning 7 mart kuni X.R.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 169-moddasi (o`g`irlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Surishtiruv ishlari davomida fuqaro X.R. muqaddam 3 marotaba Jinoyat kodeksining 169- va 166-moddalari bilan sudlanib, hozirda tuman IIB probasiya hisobida jazo muddatini o`tayotganligi, ushbu fuqaro tomonidan bir necha marotaba o`g`irlik va talonchilik jinoyatlarini sodir etganligi ma`lum bo`ladi.

Fuqaro X.R. ilgari qilgan noqonuniy qilmishlari uchun javobgarlikka tortilib ham o`z kelajagi uchun to`g`ri yo`lni tanlash o`rniga takror jinoyat sodir etganligi achinarli hol emasmikan!

    Boshqa yangiliklar